Skip to main content

Java-da operatorlar

Operatorlar – bu o'zgaruvchilar yoki qiymatlar ustida ma'lum bir operatsiyani bajarish uchun ishlatiladigan belgilardir. Java tilida operatorlar arifmetik operatsiyalarni bajarish, qiymatlarni solishtirish, mantiqiy operatsiyalar yoki o'zlashtirish uchun ishlatiladi. Operatorlar ifodaning bir qismi sifatida ishlatiladi.

  • Misollar:

    • + – qo'shish operatori
    • - – ayirish operatori
    • * – ko'paytirish operatori
    • == – tenglik operatori
    • && – mantiqiy AND operatori
    • va boshqa ...

Operatorlar turlari

  • Arifmetik operatorlar
  • O'zlashtrish (tayinlash) operatori
  • Taqqoslash operatori
  • Mantiqiy operatorlar
Diqqat

Operator — bu faqat biror operatsiyani bajarish uchun ishlatiladigan belgi yoki belgi guruhidir.