Skip to main content

Java-da arifmetik operatorlar

Arifmetik operatorlar

Arifmetik operatorlar matematik amallarni bajarish uchun ishlatiladi. Quyida Java'dagi asosiy arifmetik operatorlar ro‘yxati keltirilgan:

  1. Qo'shish operatori (+): Ikkita qiymatni qo‘shish uchun ishlatiladi. Bu operator satrlarni birlashtirish (concatenation) uchun ham ishlatiladi.

    • Misol
      int sum = 10 + 5;  // natija: 15
      String fullName = "Uychi" + " " + "It School"; // natija: "Uychi It School"
  2. Ayirish operatori (-): Birinchi operanddan ikkinchi operandni ayiradi.

    • Misol
          int difference = 10 - 5;  // natija: 5
  3. Ko'paytirish operatori (*): Ikkita qiymatni ko'paytiradi

    • Misol
          int product = 10 * 5;  // natija: 50
  4. Bo'lish operatori (/): Bir qiymatni ikkinchisiga bo'ladi. Agar ikkala operand butun son bo'lsa, natija ham butun son bo'ladi (qoldiq qism tashlab yuboriladi)

    • Misol
      int quotient = 10 / 5;  // natija: 2
      double quotientDouble = 10.0 / 4.0; // natija: 2.5
  5. Qoldiq operatori (%): Bir sonni ikkin chisiga bo‘lganda qoldiqni qaytaradi.

    • Misol
    int remainder = 10 % 3;  // natija: 1    
  6. Inkrement operatori (++): O'zgaruvchini birga oshiradi. Bu operatorni ikkita shaklda ishlatish mumkin

    • Prefix (++x): O‘zgaruvchi qiymati oshirilgandan so‘ng ifoda bajariladi.
    • Postfix (x++): Ifoda bajarilgandan so‘ng o‘zgaruvchi qiymati oshiriladi.
    • Misol
    int a = 5;
    int b = ++a; // a = 6, b = 6
    int c = a++; // a = 7, c = 6
  7. Dekrement operatori (--): O'zgaruvchini birga kamaytiradi. Bu operator ham prefix va postfix shakllarida ishlatiladi.

    • Misol
    int a = 5;
    int b = --a; // a = 4, b = 4
    int c = a--; // a = 3, c = 4
Diqqat

Arifmetik operatorlar hisob-kitoblar va matematik amallarni amalga oshirishda keng qo‘llaniladi. Bu operatorlar sonlar bilan ishlashda tez-tez ishlatiladigan asosiy vositalardir.