Skip to main content

Java-da kommentariyalar

Kommentariyalar

Java'da commentlar code'larga izoh yozish yoki hujjatlashtrish uchun ishlatiladi.Commentga olingan code kompilyator tomonidan e'tiborga olinmaydi va dastur ishlashiga ta'sir qilmaydi

Kommentariya turlari

Java-da uch xil komment turi mavjud:

  • // - Bir qator comment yaratish uchun
  • /* */ - Bir nechta qatorli comment yaratish uchun
  • /** */ - Documentatsiyalar yaratish uchun

Kommentariyalar yaratish

Yuqorida keltirilgan comment turlariga misollar ko'rib chiqaylik

Bir qator comment yaratish

public class Main {
public static void main(String[] args) {
// System.out.println("Salom Dunyo");
System.out.println("Uychi it school"); // console'ga "Uychi it school" chiqadi
}
}

Bir nechta qatorli comment yaratish

/*
Dasturchi: Javlon Ergashev
Sana: 30.08.2024
*/
public class Main {
public static void main(String[] args) {
System.out.println("Uychi it school");
}
}

Documentatsiyalar yaratish

/**
* Bu class oddiy bank hisobini tasvirlaydi.
*/
public class BankAccount {

private double balance;

/**
* Yangi bank hisobini yaratadi.
*
* @param initialBalance Boshlang'ich balans.
*/
public BankAccount(double initialBalance) {
this.balance = initialBalance;
}

/**
* Hisobga pul qo'shadi.
*
* @param amount Qo'shiladigan summa.
*/
public void deposit(double amount) {
balance += amount;
}

/**
* Hisobdagi balansni qaytaradi.
*
* @return Joriy balans.
*/
public double getBalance() {
return balance;
}
}