Skip to main content

Java-da mantiqiy operatorlar

Mantiqiy operatorlar ikki yoki undan ortiq shartlarni taqqoslash va ular orasidagi mantiqiy bog‘liqlikni aniqlash uchun ishlatiladi.

Mantiqiy operatorlar

Quyida asosiy mantiqiy operatorlar keltirilgan:

  1. AND (&&) operatori

    AND operatori ikkita shartning har ikkalasi ham to'g'ri bo'lgan taqdirda true qiymatini qaytaradi. Agar ulardan biri noto'g'ri bo‘lsa, false qiymatini beradi.

    boolean a = true;
    boolean b = false;
    System.out.println(a && b); // false
  2. OR (||) operatori

    OR operatori ikkita shartdan birortasi to‘g‘ri bo‘lsa, true qiymatini qaytaradi. Agar ikkala shart ham noto‘g‘ri bo‘lsa, false qiymatini qaytaradi.

    boolean a = true;
    boolean b = false;
    System.out.println(a || b); // true
  3. NOT (!) operatori

    NOT operatori bitta shartning qiymatini inkor qiladi. Agar shart to‘g‘ri bo‘lsa, uni noto‘g‘ri qiladi, va aksincha.

    boolean a = true;
    System.out.println(!a); // false