Kirish
Java dasturlash tili 1991-yilda James Gosling
, Patrick Naughton
, Chris Warth
, Ed Frank
va Mike Sheridanlar
tomonidan Sun Microsystems
kompaniyasida yaratilgan. Tilning birinchi versiyasini yaratish uchun 18 oy vaqt ketgan. Bu til boshida Oak
(eman) deb nomlangan edi, lekin keyinchalik 1995-yilda Java
ga oʻzgartiligan. Oak
ning 1992-yilning kuz oylaridagi birinchi tadbiq etilishi va 1995-yilning bahorida Java
ning ommaga eʼlon qilinishidagi vaqt oraligʻida koʻplab odamlar bu tilning dizayni va evolyutsiyasiga oʻz hissalarini qoʻshishgan. Bil Joy
, Arthur van Hoff
, Jonathan Payne
, Frakn Yellin
va Tim Lindhom
javaning asl prototipiga asosiy hissa qoʻshuvchilar hisoblanadi.
Nega OAK
deb nomlangan
Aslida Oak
bu daraxtning nomi hisoblanadi. Nimaga Oak? Chunki Oak kuch va qudrat ramzi hisoblangan va bir nechta AQSH, Fransiya, Germaniya, Ruminiya kabi mamlakatklarning milliy daraxti sifatida tanlangan. Lekin, bu nom Oak Technologies deb nomlanuvchi kompaniyaning savdo belgisi ekanligi aniqlangandan soʻng, tilning nomi Java
ga oʻzgartirilgan.
Oracle
2010-yilda Oracle Sun Microsystems kompaniyasini sotib oldi Java
Oracle egaligi ostiga olindi va horzigi vaqt (2024 yil 10 - iyul) qadar Oracle'ga tegishli.
Java'ni saqlash,rivojlantrish, yangilanishlar chiqarish, xafsizlikni ta'minlash va yangilanishlar chiqarish Oracle tomonidan amalga oshiriladi.
Xozirda Java Oracle kompaniyasiga tegishli va 3 milliarddan ortiq qurilmalar Java bilan ishlaydi.
Qurilmalar
Java quyidagi qurilmalarda ishlatiladi:
- Mobil ilovalar (ayniqsa Android ilovalari)
- Ish stoli ilovalari
- Veb ilovalar
- Veb-serverlar va dastur serverlari
- O'yinlar
- Ma'lumotlar bazasiga ulanish
- Va juda - juda ko'p qurilmalarda!
Nima uchun Java-dan foydalanish kerak?
- Java turli platformalarda ishlaydi (Windows, Mac, Linux, Raspberry Pi va boshqalar).
- Bu dunyodagi eng mashhur dasturlash tillaridan biridir
- U hozirgi mehnat bozorida katta talabga ega
- O'rganish oson va foydalanish oson
- Bu ochiq manba va bepul
- Bu xavfsiz, tez va kuchli
- U katta jamoat yordamiga ega (o'n million ishlab chiquvchilar)
- Java - bu ob'ektga yo'naltirilgan til bo'lib, u dasturlarga aniq tuzilma beradi va kodni qayta ishlatishga imkon beradi, ishlab chiqish xarajatlarini kamaytiradi.
- Java C++ va C# tillariga yaqin boʻlgani uchun dasturchilar uchun Java tiliga yoki aksincha oʻtishni osonlashtiradi.
Java dasturlash tili relizlari
Javaning hozirgi barqaror versiyasi — Java SE 22.Hozirda, 2024-yil 10-iyul holatiga koʻra, Java 8, 11,17, 21 javaning barqaroq versiyalari, yaʼni doimiy ravishda qo'llab quvvatlanadigan versiyalar sifatida qaraladi.Javaning asosiy relizlari, ularni chiqarilgan vaqti bilan keltirilgan:
Versiyasi | Sanasi |
---|---|
JDK Beta | 1995 |
JDK 1.0 | Yanvar 23, 1996 |
JDK 1.1 | Fevral 19, 1997 |
J2SE 1.2 | Dekabr 8, 1998 |
J2SE 1.3 | May 8, 2000 |
J2SE 1.4 | Fevral 6, 2002 |
J2SE 5.0 | Sentabr 30, 2004 |
Java SE 6 | Dekabr 11, 2006 |
Java SE 7 | Iyul 28, 2011 |
Java SE 8 (LTS) | Mart 18, 2014 |
Java SE 9 | Sentabr 21, 2017 |
Java SE 10 | Mart 20, 2018 |
Java SE 11 (LTS) | Sentabr 25, 2018 |
Java SE 12 | Mart 19, 2019 |
Java SE 13 | Sentabr 17, 2019 |
Java SE 14 | Mart 17, 2020 |
Java SE 15 | Sentabr 15, 2020 |
Java SE 16 | Mart 16, 2021 |
Java SE 17 (LTS) | Sentabr 14, 2021 |
Java SE 18 | Mart 22, 2022 |