JVM, JRE va JDK
1. JVM
Java Virtual Machine (JVM)
ning vazifasi tarjimonlik ya'ni, dastlab biz yozgan *.java
fayl kompilyator yordamida baytkodga o'giriladi va JVM
yordamida mashina tiliga aylantiriladi. Bu degani JVM
qaysi platformaga tegishli bo'lsa, kodlarni ham o'sha platformaga moslab beradi.
JVM ni ko'pgina qurilmalar va dasturiy ta'minotlar uchun ishlatish mumkin. Har bir OT(operatsion tizim) uchun JVM
, JRE
va JDK
lar konfugratsiyasi farq qiladi, chunki bular platformaga bog'liq. Lekin java mustaqil platforma hisoblanadi.
JVM
komponentlari quyidagilardir:
- Class Loaders
- Run-Time Data Areas
- Execution Engine
2. JRE
Java Runtime Environment (JRE)
- tushunish uchun Java bajarilish muhiti
deb atasak bo'ladi.
Java'da yaratilgan dasturlar turli OT (operatision tizim) larda bajarilishi uchun jre
kifoya.
Dasturchi bo'lmagan oddiy foydalanuvchilarda Java dasturlari bajarilishi uchun
JRE
yetarlidir.
JRE
- jvm, bazi java kutubxonlari va ma'lumbir file'lardan jamlanganligi yuqoridagi rasmdan ko'rishingiz mumkin
3. JDK
Java Development Kit (JDK)
Java dasturini ishlab chiqish, kompilyatsiya qilish, disk raskadrovka qilish va bajarish uchun muhit va vositalarni taqdim etadi.
JDK
ning asosiy komponentlariga quyidagilar kiradi:
- JRE
- Development Tools