Java-da if - else statement
if - else
if
statementi dasturlashda shartli qaror qabul qilish uchun ishlatiladi. Bu shuni anglatadiki, siz dasturda turli xil holatlarni yoki qiymatlarni tekshirishingiz mumkin va ularning natijasiga qarab turli-tuman harakatlarni bajarasiz.
Oddiy shartni tekshirish:
int age = 18;
if (age >= 18) {
System.out.println("Sizga ruxsat berilgan.");
}
Yuqoridagi misolda agar
age
18 yoki undan katta bo'lsa, "Sizga ruxsat berilgan" degan xabar chiqadi.
Shart bajarilmasa boshqa kod ishlatish:
int age = 16;
if (age >= 18) {
System.out.println("Sizga ruxsat berilgan.");
} else {
System.out.println("Sizga ruxsat berilmagan.");
}
else - if
else if
statementi bir nechta shartlarni tekshirish uchun ishlatiladi. Agar birinchi if
sharti bajarilmasa, dastur keyingi else if
shartini tekshiradi va agar u to'g'ri bo'lsa, unga bog'liq bo'lgan kod blokini bajaradi. Bu jarayon ketma-ket davom etadi. Agar hech bir shart bajarilmasa, oxirgi else
bloki bajarilishi mumkin (agar mavjud bo'lsa).
if (shart1) {
// shart1 to'g'ri bo'lsa bajariladigan kod
} else if (shart2) {
// shart2 to'g'ri bo'lsa bajariladigan kod
} else if (shart3) {
// shart3 to'g'ri bo'lsa bajariladigan kod
} else {
// yuqoridagi shartlar noto'g'ri bo'lsa bajariladigan kod
}