Java-da o'zlashtrish operatori
O'zlashtrish (tayinlash) operatori
O'zlashtirish operatori qiymatlarni o'zgaruvchilarga tayinlash (o'zlashtirish) uchun ishlatiladi. Asosiy o'zlashtirish operatori =
bo'lib, u o'ng tomondagi qiymatni chap tomondagi o'zgaruvchiga tayinlaydi. O'zlashtirish operatorlarining bir nechta turi mavjud, ular ko'pincha boshqa operatorlar bilan birlashtirilgan holda ishlatiladi.
Asosiy o'zlashtirish operatori (=
)
Bu operator o'ng tomondagi ifodaning qiymatini chap tomondagi o‘zgaruvchiga tayinlaydi
- Misol
int x = 10; // x o'zgaruvchisiga 10 qiymati tayinlanadi
O'zlashtrish operatorining boshqacha ko'rinishdagi shakllari ham mavjud:
Operator | Namuna | Teng kuchli |
---|---|---|
= | x = 15 | x = 15 |
+= | x += 15 | x = x + 15 |
-= | x -= 15 | x = x - 15 |
*= | x *= 15 | x = x * 15 |
/= | x /= 15 | x = x / 15 |
%= | x %= 15 | x = x % 15 |
&= | x &= 15 | x = x & 15 |
|= | x |= 15 | x = x | 15 |
^= | x ^= 15 | x = x ^ 15 |
>>= | x >>= 15 | x = x >> 15 |
<<= | x <<= 15 | x = x << 15 |