Skip to main content

Java-da birinchi dasturingizni yarating

JDK'ni yuklab olish

Xech qanday qo'shimcha dastur va IDEA dasturlarisiz birinchi dasturingizni yarating!

Buning uchun bizning kompyuterda JDK o'rnatilgan bo'lishi lozim.

Oracle'ning rasmiy https://www.oracle.com saytidan JDKni operatsion sistemaga mos versiyasini yuklab o'rnating

Bloknot (linuxda shunga alternative text editor) dasturini oching va quyida dastur code'ni yozing

Main.txt
public class Main{ 
public static void main(String args[]){
System.out.println("Hello, world");
}
}

Yaratilgan Main.txt nomli faylni *.java formatga o'zgartrib saqlang.

Yaratilgan Main.java nomli compile qilish uchun Main.java fayli turga papkada cmd (linuxda terminal) dasturini ishga tushiring va quyidagi commandani kiriting:

javac Main.java  

Yuqoridagi jarayondan so'ng Main.java fayli joylashgan papkada Main.class fayl hosil bo'ladi.

Main.class - byte code va uni ishga tushurish uchun Main.class turga papkada cmd (linuxda terminal) dasturini ishga tushiring va quyidagi commandani kiriting:

java Main

Natija quyidagicha ko'rinishda bo'lishi kerak:

  Hello world  

Code'ni tahlil qilib chiqaylik

Main.java
public class Main{ 
public static void main(String args[]){
System.out.println("Hello, world");
}
}

1 - satr: public class Main{

  • public - access modifikator
  • class - java-da class yaratish uchub kalit (keyword) so'z hisbolanadi.
  • Main - bu klasni nomi
  • { - figurali qavs class tanasi (class body) boshlanganligini bildiradi.
Eslab qoling

Java-da yaratilgan dastur kamida bitta class'dan tashkil topgan bo'ladi va barcha yoziladigan code'lar aynan class'lar ichida joylashgan bo'ladi(interface-lar bundan mustasno)

2 - satr: public static void main(String args[]){

  • static - static o'zgaruvchilar, static metodlar va static block'lar yaratish vazifasini bajaradi.
  • void - method'ning qiymat qaytarish turi, void turida hech qanday qiymat qaytmaydi.
    Ya'ni, bu metod bajarilganda u faqat amalni bajaradi, lekin hech qanday natijani qaytarmaydi.
  • main - method nomi
  • String args[] - qismi dasturga qo'shimcha argumentlarni jo'natish imkonini beradi. Bu argumentlar dastur konsol orqali ishga tushirilganda komanda qatorida beriladi.Masalan:
  java Main arg1 arg2 arg3
  • { - main method tanasi boshlanishi

3 - satr: System.out.println("Hello, world");

  • System - java standart kutubxonasi ichidagi java.lang paketidagi class.
  • out - System class'ning statik o'zgaruvchisi bo'lib, u PrintStream turidagi obyektni ifodalaydi.
    • out o'zgaruvchisi konsol (standart chiqish) bilan bog'langan, ya'ni u orqali biz konsolga matn yoki boshqa ma'lumotlarni chiqarishimiz mumkin.
    • out static o'zgaruvchi bo'lgani uchun, uni System.out deb chaqiramiz.
  • println - PrintStream sinfining metodi bo'lib, u argument sifatida berilgan qiymatni (bu yerda "Hello, world") consol'ga chiqaradi va oxirida yangi qatorga o'tadi
    • println metodi turli xil argumentlarni qabul qilishi mumkin (int, float, String va h.k.), va har safar o'z argumentini matn shaklida chiqaradi.
    • println so'zida "print" - chop etish (chiqarish), "ln" - line, ya'ni qator degan ma'noni anglatadi, bu metod chop etishdan so'ng yangi qatorga o'tishini bildiradi.
  • "Hello, world" - String turidagi ifoda bo'lib, u matnni ifodalaydi. Metodga berilgan argument bu matndir.

4 - satr: }
Method tanasi yopilganini bildiradi.

6 - satr: }
Class tanasi yopilganini bildiradi.

Eslab qoling

Bitta *.java faylda bittda public class bo'ladi(inner emas) va uning nomi *.java fayli nomi bilan bir xil bo'lishi kerak!

Editor o'rnatish

Java muhitida code yozish uchun ko'plab editorlar mavjud, masalan:

  • Visual Studio Code (VS Code)

    • Niam uchun tanlash kerak: Bepul va ochiq manba, plaginlar bilan yuqori darajada sozlanishi, yengilligi, keng ko'lamli tillarni qo'llab-quvvatlaydi va hamjamiyat tomonidan katta yordamga ega.

    • Kamchiliklari: Java-da dastur ishlab chiqish uchun ko'proq sozlashni talab qiladi, IntelliJ bilan solishtirganda ba'zi ilg'or xususiyatlardan mahrum.

  • Eclipse

    • Niam uchun tanlash kerak: Bepul va ochiq manba, Java rivojlanishi uchun kuchli, keng plagin ekotizimi, bir nechta dasturlash tillarini qo'llab-quvvatlaydi.

    • Kamchiliklari: sekinroq va ko'proq resurs talab qilishi mumkin, foydalanuvchi interfeysi eskirgandek tuyulishi mumkin va yangi boshlanuvchilar uchun bu juda qiyin bo'lishi mumkin.

  • NetBeans

    • Niam uchun tanlash kerak: Bepul va ochiq manba, Java-da dastur ishlab chiqish uchun yaxshi, juda ko'p imkoniyatlardan tashqari, sozlash va ishlatish uchun qulay.

    • Kamchiliklari: Interfeys u qadar zamonaviy emas va u IntelliJ bilan solishtirganda kamroq sayqallangandek tuyulishi mumkin

  • IntelliJ IDEA

    • Niam uchun tanlash kerak: kodni to'ldirish, kuchli qayta ishlash vositalari, versiyani boshqarish tizimi integratsiyasi, Mustahkam disk raskadrovka va sinov vositalari, plaginlar va moslashtirish, smart navigatsiya, tillararo refaktoring

    • Kamchiliklari: Resurs talab qiladi, yangi boshlovchilar uchun qiyin, narxi (community versiya bepul), uzoqroq vaqtda ishga tushushi, murakkab konfiguratsiya