Java-da kiritish, chiqarish va o'zlashtrish operatorlari
Java-da kiritish, chiqarish va o'zlashtirish operatorlari quyidagilar:
Kiritish (Input):
Kiritish uchun Java-da Scanner
sinfidan foydalaniladi. Bu sinf orqali foydalanuvchi konsoldan qiymat kiritishi mumkin.
import java.util.Scanner;
public class Main {
public static void main(String[] args) {
Scanner scanner = new Scanner(System.in);
System.out.print("Ismingizni kiriting: ");
String name = scanner.nextLine(); // String qiymat kiritish
System.out.println("Salom, " + name + "!");
}
}
Chiqarish (Output):
Chiqish operatorlari uchun Java-da System.out.println()
, System.out.print()
va System.out.printf
ishlatiladi.
System.out.println()
– ma'lumotni chiqaradi va yangi qatorga o'tadi.System.out.print()
– ma'lumotni chiqaradi, lekin yangi qatorga o'tmaydi.System.out.printf
– formatlangan matnni chiqarish uchun ishlatiladi
public class Main {
public static void main(String[] args) {
System.out.print("Bu qator yangi qatorga o'tmaydi. ");
System.out.println("Bu qator yangi qatorga o'tadi.");
}
}
Formatlangan matnni chiqarish uchun namuna:
public class Main {
public static void main(String[] args) {
String name = "Javlon";
int age = 25;
double height = 1.78;
// %s - string, %d - butun son, %f - kasrli son (double)
System.out.printf("Ismingiz: %s, Yoshingiz: %d, Bo'yingiz: %.2f metr\n", name, age, height);
}
}
O'zlashtirish (Assignment):
O'zlashtirish operatori =
belgisi orqali qiymatlarni o'zgaruvchilarga tayinlash uchun ishlatiladi.
public class Main {
public static void main(String[] args) {
int x = 10; // x ga 10 qiymatini tayinlash
String text = "Salom"; // text ga "Salom" qiymatini tayinlash
System.out.println("x ning qiymati: " + x);
System.out.println("text ning qiymati: " + text);
}
}
- O'zlashtirish operatori o'zgaruvchi va unga qiymat tayinlash uchun ishlatiladi.
- Kiritish va chiqarish esa foydalanuvchi bilan o'zaro aloqani tashkil qiladi