Python sintaksisi
Python tilida dastur instruktsiyalar to'plamidan tashkil topgan bo'lib, har bir instruktsiya alohida qatorda joylashgan bo'lishi kerak bo'ladi. Masalan:
print(3 + 5)
print("Python – dasturlash tili!")
Python da xat boshi (otstup)
juda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.Xat
boshining noto'g'ri joylashtirilishi dasturda xatolikka olib keladi. Masalan
yuqoridagi dastur kodini quyidagicha yozamiz:
print(3 + 5)
print("Python – dasturlash tili!")
Ushbu dastur kodi yuqoridagisi bilan bir xil bo'lishiga qaramasdan
interpretator xatolik haqida xabar chiqaradi va dastur bajarilmaydi. Shuning uchun
ham Pythonda har bir instruktsiya alohida qatorda yozilishi shart. Ushbu hususiyat
Pythonning boshqa tillardan, masalan: Java
, C#
tillaridan farqli jihatlaridan biri
hisoblanadi.
Shunga qaramasdan Python tilining ba'zi konstruktsiyalari bir necha qatorlarda yoziladi. Masalan if shart konstruktsiyasi shular jumlasidan:
if 10 < 20:
print("Shart bajarildi")
Bu holatda 10 soni 20 sonidan kichik va Shart bajarildi
so'zi chiqariladi.
print("Shart bajarildi")
instruktsiyasi oldida albatta xat boshi bo'lishi shart, chunki
u alohida o'zi ishlatilmagan balki if shart konstruktsiyasining qismi sifatida
qo'llanilgan. Odatda xat boshi 4 ga karrali probellar soni (4, 8,12) bilan yozish
kelishilgan, lekin probellar soni 5 va undan ortiq bo'lsa ham dastur ishlaydi.
Instruktsiyalarning davomi
Python instruktsiyalarni ajratish uchun yangi qator belgisidan foydalanadi. U har bir instruktsiyani bitta qatorga joylashtiradi.
Biroq, uzun instruktsiya teskari chiziq \
belgisidan foydalangan holda bir nechta satrlarni qamrab olishi mumkin.
Quyidagi misolda ikkinchi qatordagi gapni davom ettirish uchun teskari chiziq \
belgisidan qanday foydalanish ko‘rsatilgan:
if (a == True) and (b == False) and \
(c == True):
print("instruktsiyalarning davomi")
Registrga sezuvchanlik
Python – registrga sezuvchan til hisoblanadi.
Shuning uchun print
, Print
yoki PRINT
ifodalar turli ifodalarni anglatadi. Agarda
print
berilganlarni chiqarish ifodasi o'rniga Print
ishlatilsa xatolik yuz berganligini
ifodalovchi name "Print" is not defined
shaklidagi xabar chiqadi.
Kommentariyalar (Izohlar)
Pythonda u yoki bu dastur kodlari qismlari nima ish qilishini qayd qilib ketish uchun izohlardan foydalaniladi. Interpretator dasturni baytkodga tarjima qilayotganda yoki bajarayotganda izohlarni e'tiborsiz qoldiradi. Shuning uchun izohga olingan berilganlar dastur ishlashiga hech qanday ta'sir ko'rsatmaydi.
Python dasturlash tilida izoh qo'yish uchun #
belgisidan foydalaniladi.
Odatda izohlar blokli va satrli izohlarga ajratiladi. Lekin har ikkalasi ham #
belgisi orqali hosil qilinadi. Farqi satr izohlar dastur kodi yozilgan qatorda koddan
keyin yoziladi va u shu satr nima ish bajarishi to'g'risidagi ma'lumotlardan tashkil
topadi, ya'ni:
print("Shart bajarildi") # xabarni konsolga chiqarish
Blokli izohlar esa dasturning biror qismi nima ish bajarishi yoki shu qism
mazmunini foydalanuvchiga qisqacha ochib berish uchun ishlatilib, dasturni shu
qismi kodlaridan oldin alohida satr yoki satrlarda #
va bitta probel bilan yoziladi,
masalan:
# ushbu funksiya 1 dan n gacha bo`lgan butun sonlarning
# yigindisini hisoblaydi
def Summa(n):
s=0
for a in range(1,n+1):
s = s + a
print(a, " ",s)
return s
Kalit so'zlar
Ba'zi so'zlar Pythonda alohida ma'noga ega. Ular kalit so'zlar deb ataladi. Quyida Python-da kalit so'zlar ro'yxati ko'rsatilgan:
False class finally is return
None continue for lambda try
True def from nonlocal while
and del global not with
as elif if or yield
assert else import pass
break except in raise
Joriy kalit so'zlar ro'yxatini topish uchun siz quyidagi koddan foydalanasiz:
import keyword
print(keyword.kwlist)
Asosiy funksiyalar
Python o'z ichiga bir necha ichki funksiyalarni qamrab olgan. Ularni ba'zilari dasturlash jarayonida, ayniqsa dasturlash sistaksisini o'rganish paytida juda ko'p qo'llanilganligi sababli ularni alohida qarab chiqamiz.
Ma'lumotni konsol ekraniga chiqarish – print()
funksiyasi hisoblanadi.
Funksiyaga argument sifatida konsolga chiqariluvchi qiymatlar (satr, son, ifoda va
x.k.) berilishi mumkin:
print("Hello world!")
Agarda birdaniga bir nechta qiymatlarni chop etish talab qilinsa, u holda
ularni print() funksiyasiga ,
bilan ajratib kiritiladi:
print("F.I.SH.:","Eshmatov","Toshmat")
Natijada ular ekranga probel bilan ajratilgan holatda chop etiladi:
F.I.O: Eshmatov Toshmat
Agarda print()
funksiyasi ma'lumotlarni chop qilish uchun mo'ljallangan
bo'lsa, input()
ekrandan berilganlarni kiritish uchun qo'llaniladi. input()
funksiyasiga argument sifatida biror bir satr berilishi mumkin. Ushbu satr konsol
ekranida aks ettirilib, kiritilishi kerak bo'lgan berilganlar uchun yordamchi taklif
vazifasini bajaradi. Masalan:
name = input("F.I.O.: ")
print("Salom", name)
Natijaning konsol ekranidagi ko'rinishi quyidagicha bo'ladi:
F.I.O.: Eshmatov Toshmat
Salom Eshmatov Toshmat