Numbers
Python integers
, float
va complex numbers
sonlar to'plamini qo'llab-quvvatlaydi.
integers
– butun sonlar to'plami- 32 bitli int
- Maximum 231 - 1 = 2,147,483,647
- Minumum -231 = −2,147,483,648
- 64 bitli int
- Maximum 263 - 1 = 9,223,372,036,854,775,807
- Minumum -263 = −9,223,372,036,854,775,808
- 32 bitli int
float
– suzuvchi nuqtali sonlar to'plami- Maximum 1.7976931348623157e+308
- Minumum 2.2250738585072014e-308
complex numbers
– kompleks sonlar to'plami
Raqamlarda pastki chiziq
Raqam katta bo'lsa, uni o'qish qiyin bo'ladi. Masalan:
count = 10000000000
Uzun raqamlarni o'qish uchun qulayroq qilish uchun raqamlarni pastki chiziq yordamida guruhlashingiz mumkin, masalan:
count = 10_000_000_000
Arifmetik amallar
Pythonda asosiy arifmetik amallar o'z ma'nosi bo'yicha qo'llaniladi:
+
– qo’shish amali:
Ikki sonni yig'indisi
print(6 + 5) # 11
-
– ayirish amali:
Ikki sonni ayirmasi
print(6 - 5) # 1
*
– ko'paytrish amali:
Ikki sonni ko'paytmasi
print(6 * 5) # 30
/
– bo'lish amali:
Ikki sonni bo'linmasi
print(6 / 5) # 1.2
//
– butun qismli bo'lish amali:
Ikki sonni bo'linmasi (ushbu amal bo'lish natijasining faqat butun qismini qaytaradi, qoldiq qismi tashlab yuboriladi)
print(6 // 5) # 1
%
– qoldiqli bo’lish amali:
Ikki sonni bo'linmasi (ushbu amal bo'lish natijasining faqat qoldiq qismini qaytarib, butun qismi tashlab yuboriladi)
print(6 % 5) # 1
**
– darajaga ko’tarish (oshirish) amali:
ab shaklidagi hisoblashlarda qo'llaniladi
print(6 ** 2) # 36
Ifodada bir nechta arifmetik amallar ketma-ket kelgan bo‟lsa, ular prioriteti (ustunligi) bo‟yicha bajariladi. Dastlab, yuqori prioritetga ega bo‟lgan amallar bajariladi. Amallarning prioriteti kamayish tartibida quyidagi jadvalda ifodalangan:
Amallar | Yo’nalish |
---|---|
** | Chapdan-o'nga |
* , / , // , % | Chapdan-o'nga |
+ , - | Chapdan-o'nga |
number = 12//7 + 2 ** 5 * (3 – 4)
print(number) # -31
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, arifmetik amallar butun sonlar uchun qanday tartibda bajarilsa, suzuvchan nuqtali haqiqiy sonlar uchun ham xuddi shunday bo'ladi. Agarda ifodada loaqal bitta haqiqiy son ishtirok qilsa natija haqiqiy turda ifodalanadi
Yuqoridagi barcha arifmetik amallarni o'zlashtirish amali =
bilan birgalikda
(arifmetik amal va undan keyin =
belgisi ketma-ket yoziladi) ishlatish mumkin.
Masalan: +=
, -=
, *=
, /=
, //=
, %=
, **=
. Bunday hollarda ifodaning o'ng tomonidagi
barcha amallar hisoblanib, chiqqan natija chap tomondagi o‟zgaruvchi natijasi
bilan mos arifmetik amal bajariladi va natija yana chap tomondagi o'zgaruvchiga
yuklanadi. Masalan:
number = 2
number += 3 # number = number + 3 amaliga teng kuchli, number=5 bo`ladi
print(number) # 5
number -= 1
print(number) # 4
number *= 4
print(number) # 16
number //= 2
print(number) # 8
number **= 2
print(number) # 64